Baxt ortidagi dard (uzbek kino 2017)HD

Название:
Baxt ortidagi dard (uzbek kino 2017)HD
Рейтинг:
Год и страна:
Узбекистан
Режиссер:
Шуҳрат Мавлонов
В ролях:
Шароф Муқимов, Севинч Мўминова, Санжар Шодиев
Длительность:
01:15:25

 Yana bir hayotiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan «Baxt ortidagi dard» nomli film bugun muxlislarning imtihonida a’lo darajadagi baho bilan baholandi. Shuhrat Mavlonov rejissyorligidagi mazkur filmning premyeasi bugun “Kinochilar uyi” va “Alisher Navoiy” nomli kinosaroyida bo’lib o’tdi. Yangi kinofilmni birinchilardan bo’lib tomosha qilish hamda Sharof Muqimov va Sevinch Mo’minovaning ilk birgalikdagi ijrolarini ko’rish uchun juda ko’p kinoshinavandalari tashrif buyurdilar.Ular orasida hamkasblari ijodiga baho berish uchun kelgan san’atkorlar ham bor edilar.



Aktyorlar va film ijodkorlari birma-bir tanishtirib o’tilgandan so’ng, Sharof va Sevinch filmning saundtrackini sahnadagi jonli klip namoyish etgan holda kuyladilar va tinimsiz qarsaklar ularga hamrohlik qildi. 





Kutilgan daqiqalar kelib film namoyishi boshlandi. Qizining baxti uchun har narsaga tayyor ota, bir-birini jonidan ortiq ko’ruvchi ikki sevishgan yosh, o’z oilasi, onasi uchun hech qanday ishdan tap tortmaydigan farzand shularning barchasi mazkur kinokartinada o’z ifodasini topgan. Filmda ham hayotdagi kabi sevishgan juftliklar rolini ijro etgan Sharof va Sevinchning muhabbati afsuski taqdirning baland-u pastliklari, oila a’zolarning noroziligi deb ancha-muncha qiyinchilaklar tig’ida toblanishiga to’g’ri keldi. Qizining chin muhabbatini, u o’zining tenggi deb topgan juftini qo’llab-quvvatlamagan ota esa butun boshli bir insonning hayotini mojarolar qurshoviga tashlab, o’yinga aylantirib yubordi.



Onasi uchun har narsaga tayyor o’g’il bu ham taqdirning bir sinovida deb ne-ne voqealarni boshidan kechirmadi deysiz. Bunday ta’sirchan lavhalarni katta ekranda tomosha qilayotgan tomoshabinlar kino qahramonlari bilan birga hayajonga tushib, filmning oxiri qanday yakun topishini, bosh qahramonlarning qismati qanday yakun topishini qiziqib tomosha qildilar. Filmning ba’zi bir jihatlarini hikoya qilib berib sizlarni ham qiziqtiribqo’ydik chamasi. Marhamat bugundan boshlab «Baxt ortidagi dard» filmini yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

  • Вернуться
.